IIV Akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi organlarning hamkorligini tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada Bosh prokuratura akademiyasi, vazirlik sohaviy xizmatlari hamda tezkor-qidiruv faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi organlar vakillari, o‘quv dargohi professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqib, mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Soha mutaxassislari tezkor-qidiruv faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotiga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, ichki ishlar organlarining davlat va boshqaruv hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy qilish masalalarini muhokama qilishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati