Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilmiy-amaliy anjuman

27 May 2022, 06:05

1340

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida 2022-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali va boshqa muassasalar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda ichki ishlar organlarining temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari boshqaruv tizimini takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Ta’lim muassasasi boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov ilmiy-amaliy anjumanning ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Farhodbek Ashmatov, Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari A’zam Abdurahmonov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati bosh mutaxassisi Shuhrat Ibragimov, IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Davron Ashurov, IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, polkovnik Isomiddin Ismailov so‘zga chiqdi. 

Anjuman davomida temir yo‘l transporti ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali menxanizmlarini ishlab chiqish, tizimning huquqiy asoslarini mustahkamlash, bu borada yechimini kutayotgan masalalarni hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech