Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilmga qiziquvchi yoshlar uchun yana bir imkoniyat

06 Noyabr 2024, 05:11

185

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Kursantlar ilmiy jamiyati faoliyat boshladi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda uning maqsad va vazifalari atroflicha tushuntirildi.

Tadbirda akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov so‘z olib, mazkur tashabbus kursantlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, yosh tadqiqotchilar safini kengaytirish, tizim uchun ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash uchun muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi.

Aytib o‘tilganidek, endilikda yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Yangi tizim orqali ta’lim, amaliyot va ilmiy-tadqiqot faoliyati o‘rtasidagi uzviylik yanada mustahkamlanadi. Eng muhimi, ilmga qiziquvchi kursantlar uchun imkoniyatlar kengayadi.

Shu kuni Kursantlar ilmiy jamiyati kengashining birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy jamiyat tarkibi va joriy o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Kursantlar taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech