Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilm-ma’rifatsiz taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi

03 Oktyabr 2024, 08:10

329

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i kunduzgi ta’lim bakalavriatining bitiruvchi bosqich kursantlari bilan uchrashdi. Tadbir davlatimiz rahbarining ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi.

Uchrashuv avvalida yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning faol a’zosi sifatida o‘zini namoyon etishi uchun ularga munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar e’tirof etildi.

Ayniqsa keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz ta’lim sohasi tubdan isloh qilingani, Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi taraqqiyotning muhim strategik yo‘nalishi etib belgilangani aytib o‘tildi.

– Sizlar bilan ochiq muloqot qilish, taklif va muammolaringizni tinglash bugungi tadbirning asosiy maqsadidir, – dedi o‘quv dargohi boshlig‘i Rustam Xatamov. – Chunki yoshlar masalasi hozirgi tahlikali davrda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari “ta’limda, ma’rifatda orqada qolganlar, hech shubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi”, deya alohida ta’kidlab o‘tdilar. Bu esa yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasi borasida barchamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Muloqotda kursant yoshlar buyuk ajdodlarimizdan ibrat olib, mamlakatimiz hayotiga yuksak daxldor bo‘lishlari, yangi avlod kadrlari sifatida zamonaviy bilimlarni puxta egallashlari zarurligi ta’kidlandi.

– Men kursantlarimiz bilim salohiyati, dunyoqarashi, vatanparvarligi bilan boshqalarga hamisha o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytaman. Chunki jamiyatdagi tengqurlaringiz sizlar kabi bilimli, o‘z maqsadiga sobit, el-yurt uchun xizmat qilishni sharaf deb bilgan yoshlarga ergashadi, – dedi akademiya boshlig‘i.

Uchrashuvda faol kursantlarning taklif va mulohazalari tinglandi. Vatanparvarlik tarbiyasi yo‘nalishida ishlarni tizimli tashkillashtirish, yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasi, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, kursantlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech