Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilm-fan va ayollar

15 Fevral 2024, 07:02

985

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida olima ayollar, ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va kursant qizlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan tadbir avvalida o‘quv dargohi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Dadajonov so‘z oldi.

Yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, olima ayollarning mamlakat ilm-fani va jamiyat rivojidagi o‘rni e’tirof etildi. Barcha sohalar singari ichki ishlar organlari tizimida ham ilmiy salohiyatga ega xotin-qizlar ulushi sezilarli darajada olib borayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda akademiyaning faol xotin-qizlaridan Maqsuda Xo‘janazarova, Nasiba Turg‘unova, Roziya Bo‘ronova, magistratura tinglovchisi Hidoyat To‘rayeva, kunduzgi ta’lim kursanti Sabina Kamolova va boshqalar so‘zga chiqdi. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor maqsad va vazifalar”, “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zguzi”, “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning roli” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, “ustoz-shogird” an’analari asosida ilmiy to‘garaklar faoliyatini kuchaytirish, iqtidorli qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shu orqali ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Tadbir so‘nggida ilm-fanni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol xotin-qizlar rag‘batlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech