Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilk turnirda oltin medal qo‘lga kiritildi

21 Oktyabr 2023, 01:10

627

17–19-oktyabr kunlari Nukusda yunon-rum, erkin kurash va ayollar kurashi bo‘yicha “New Uzbekistan” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ilk marotaba tashkil etilgan musobaqada respublikamizning barcha hududlari hamda Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa davlatlardan 300 nafarga yaqin ishtirokchi 14 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi.

Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari har uch yo‘nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Quvonarlisi, ayollar kurashi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan IIV Akademiyasi kursanti Muyassar Kushmurotova o‘z vazn toifasida (62 kg)  barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal hamda chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi, Belarus va Qozog‘iston jamoalari mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech