Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ijtimoiy himoya – amalda

04 Iyun 2023, 06:06

1103

Mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur qaror asosida xodimlar farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini beradigan tavsiyanomalar berish yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan IIV Akademiyasida o‘tkazilgan tadbirda samarali faoliyati bilan tizim ravnaqiga hissa qo‘shayotgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlarini professional xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar izchil samara berayotganini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbirda bir guruh xodimlar va magistratura tinglovchilariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech