Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasiga ham kitoblar sovg‘a qilindi

30 Sentyabr 2022, 11:09

898

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni yoshlarni milliy adabiyotimizga, kitobxonlikka oshno etadigan ma’rifat maskanlaridan biriga aylandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ushbu maskanda yana bir adabiyot bayrami tashkil qilindi. Taniqli yozuvchi va shoirlar, ustoz va murabbiylar ishtirok etgan tadbirda oliy o‘quv muassasalari yoshlariga badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.

Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va oliy ta’lim muassasalari vakillari so‘z olib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan milliy adabiyotimizga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etib o‘tishdi.

Tadbirda poytaxtimizdagi 25 ta oliy ta’lim dargohiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan jami 10 ming dona kitob taqdim etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech