Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shaxsiy tarkib a’zolari saf maydonida yig‘ildi.
Tegishli tarkibiy tuzilmalar tomonidan ofitser, serjant va safdorlar tarkibi xodimlari hamda kursantlarning tantanali xizmat kiyimi, guvohnomasi, zarur buyum va anjomlari amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida tekshirildi.
Bayram kunlari poytaxt tumanlariga jamoat tartibini saqlash uchun jalb qilingan xodim va kursantlarga tegishli ko‘rsatmalar yetkazildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati