Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi jamoaviy ikkinchi bo‘ldi

08 Aprel 2023, 06:04

872

5–7-aprel kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida yengil atletika bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy organlaridan 20 ga yaqin jamoa qatnashdi. Musobaqa ishtirokchilari yugurish, uzunlikka sakrash, estafeta bo‘yicha shaxsiy birinchilik va jamoaviy tarzda bellashdilar.

IIV Akademiyasi terma jamoasi tarkibida 2-o‘quv kursi kursanti A. Salaev 3000 metr masofaga yugurish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek vakillarimiz 4 nafar ishtirokchidan iborat shved estafetasi bahslarida ham g‘oliblik nashidasini surdilar.

Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga, ikkinchi o‘rin IIV Akademiyasiga, uchinchi o‘rin esa IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlari qo‘mondonligiga nasib qildi.

 G‘olib va sovrindonlar kubok, medal, diplom, shuningdek tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech