O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-son buyrug‘iga asosan vazirlik markaziy apparati va hududiy ichki ishlar organlarida IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 1-o‘quv kursi kursantlari uchun o‘quv-tanishuv hamda 2-o‘quv kursi kursantlari uchun ish o‘rganish amaliyoti tashkil etildi.
Joylarda masʼul rahbarlar, kursantlarga biriktirilgan murabbiylar va akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida amaliyotining yakuniy natijalari bo‘yicha muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda amaliyot davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar atroflicha muhokama etilib, buyruq talablari asosida amaliyot yakunlari bo‘yicha kursantlardan sinovlar qabul qilindi.
Tadbir yakunida barcha hududiy ichki ishlar organlarida amaliyot davrida berilgan topshiriqlarga sidqidildan yondashib, bilim va ko‘nikmalarni egallashda, namunali xulqi va tartib-intizomi bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh kursantlarga tashakkurnomalar topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati