Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASIDA BITIRUVOLDI IMTIHONLAR BOSHLANDI

07 Iyun 2022, 11:06

1706

Shu munosabat bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi.

Joriy o‘quv yilida Akademiyaning kunduzgi ta’lim yo‘nalishini 631 nafar kursant tamomlaydi. O‘tgan uch yil mobaynida tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, asosiy e’tibor nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlagan holda kadrlarni maqsadli tayyorlashga qaratildi. O‘quv jarayoniga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan birga, ichki ishlar organlarining tajribali amaliyot xodimlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va turdosh oliy ta’lim muassasalaridan malakali mutaxassislar jalb qilindi. Xususan, kursantlarning kelgusidagi amaliy faoliyatga qisqa fursatda kirishib ketishini ta’minlash maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab o‘quv tergov-tezkor guruhlari, onlayn master-klass mashg‘ulotlari, bazaviy amaliyot singari o‘qitishning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etildi.

Yig‘ilish avvalida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov so‘z olib, davlatimiz rahbarining PQ–5076-son qarori asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng ta’lim maskani rahbari Rustam Xatamov o‘quv jarayonidagi yangilanishlar, ayniqsa yosh kadrlarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar haqida gapirdi. “Bitiruvchilarning amaliyot organlarida samarali xizmat qilishlari egallagan puxta bilim va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liq, – dedi Akademiya boshlig‘i. – Hududiy va jamlovchi ichki ishlar organlarida tashkil etilgan malakaviy ish o‘rganish amaliyoti davrida ayni shu jihatlar muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari, joriy o‘quv yilida “Final” kompleks o‘quv mashqlarini o‘tkazish qaytadan yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan bu kabi yondashuvlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish barobarida, kursantlarning amaliyotga qisqa fursatda moslashishiga yordam beradi”.

Yig‘ilishdv yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish bo‘yicha Ichki ishlar vaziri hamda Akademiya boshlig‘ining tegishli buyruqlari yig‘ilganlar e’tiboriga yetkazildi. Attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolariga imtihonlarni adolat me’yorlari asosida xolisona va shaffof o‘tkazish, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari hamda xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech