Akademiya magistraturasida ta’lim olayotgan tinglovchilar hududiy ichki ishlar organlari faoliyati bilan tanishib, o‘quv modullari asosida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab kelmoqdalar.
Samarqand viloyati IIBda o‘tkazilgan malakaviy amaliy mashg‘ulot davomida “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari Xavfsiz turizmni ta’minlash, Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari, shuningdek Situatsion markaz, Samarqand xalqaro aeroporti hamda temir yo‘l vokzali faoliyati bilan tanishib, boshqaruv jarayoniga tatbiq etilgan ilg‘or yondashuvlarni o‘rgandilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati