Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ibratli oilalar taqdirlandi

15 May 2023, 08:05

968

Mustahkam oila – jamiyat tayanchi. Bunday oilalarda turmush farovon bo‘ladi, yurtning ertangi kuni uchun barkamol avlod voyaga yetadi. Xalqimizga xos bebaho qadriyatlar ham baxtiyor oilalarda bo‘y ko‘rsatadi.

IIV Madaniyat saroyida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilma va hududiy bo‘linmalaridan jami 17 ta jamoa ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov qatnashchilari “Tanishuv”, “Bu mening oilam” va “Biz – kitobxon oilamiz” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Har bir oilaning chiqishi, tanlovga tayyorgarligi, ayniqsa ishtirokchilarning bilim salohiyati, iste’dodi, ijodiy qobiliyat va boshqa jihatlari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholab borildi.

Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, hayajonli bahslarga boy o‘tgan tadbir so‘nggida eng zukko, tashabbuskor va faol oilalar saralab olindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati IIB vakili, mayor Akmaljon Haydarov oilasi birinchi o‘rinni, IIV Akademiyasi vakili, leytenant Azizbek Ziyayev oilasi ikkinchi o‘rinni, IIV Jazoni ijro etish departamenti xodimasi, safdor Shahnoza Eshmo‘minova oilasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, kitob jamlanmasi hamda pul mukofoti bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek ko‘rik-tanlovning bir guruh faol ishtirokchilari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech