IIV Akademiyasining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tomonidan kursantlar o‘rtasida viktorina tashkil etildi.
Yoshlarning sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar jarayonida ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 5 ta jamoa qatnashdi.
Viktorina “Tanishuv”, “Savol-javob”, “Sahna ko‘rinishi” va “Sardorlar bellashuvi” shartlaridan iborat bo‘ldi. Jamoalar jinoyat-protsessual qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotidagi ayrim muammolar va ularning yechimlari, shuningdek jinoyat ishini yuritishga doir egallagan bilimlarini namoyon etishdi.
Qizg‘in va sog‘lom raqobat ruhida o‘tgan viktorina yakunida 222-o‘quv guruhi kursantlaridan iborat “Adolat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati