Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Humo Arena”da ommaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi

27 Iyun 2023, 07:06

925

Xalqaro olimpiya kuni va Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqada 500 nafarga yaqin ishtirokchi uch hamda o‘n kilometr masofaga yugurish bo‘yicha bellashdi.

Bahslarga “Humo Arena” sport majmuasi maydonidan start berildi. G‘oliblar shaxsiy birinchilik va jamoaviy tarzda eng yaxshi natijani qayd etgan ishtirokchilar orasidan aniqlandi.

Quvonarlisi, qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqada IIV Akademiyasi kursantlari sovrindorlar safidan o‘rin olishdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Akmal Salayev birinchi o‘rinni, Fayzullo Habibullayev ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi bahslarda bir yo‘la uch nafar kursantimiz – Iroda Bekmirzayeva, Mashhura Saidqulova, Mehrangiz Narzullayeva shohsupaga ko‘tarildi.

G‘oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech