Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hududlarda sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

15 Dekabr 2022, 08:12

734

Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga binoan, Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar) ichki ishlar organlarida sayyor o‘quv kurslari tashkil qilindi.

Tizimdagi islohotlar samaradorligini oshirish, xodimlarning kasbiy fazilatlari va muloqot madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlarga profilaktika inspektorlari va psixologlar jalb qilindi. Mashg‘ulotlar IIV Akademiyasi, Qarshi davlat universiteti hamda vazirlikning Qashqadaryo akademik litseyi professor-o‘qituvchilari tomonidan interfaol yondashuvlar asosida olib borildi.

Ichki ishlar organlari tizimidagi izchil islohotlarning mazmun-mohiyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish, hozirgi murakkab sharoitda soha xodimlariga qo‘yilayotgan dolzarb talablar, profilaktika inspektorlarining kasbiy fazilatlarini yuksaltirish, aholi bilan “mahallabay”, “oilabay” va “fuqarobay” ishlashning ahamiyati, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olishda mahalla “beshligi” bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa mavzularga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘quv kurslari ishtirokchilari uchun foydali ko‘nikmalarga boy bo‘ldi.

Mashg‘ulotlar yakunida xodimlarga malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech