O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh tomonidan Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda respublika hududlaridagi 51 ta tuman (shahar)da aholi muammolarni o‘rganish va hal etish, bandlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, tizimi masʼullarini mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, jinoyatchilikni kamaytirish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tegishli topshiriqlar ijrosiga ilmiy-uslubiy ko‘mak berildi.
Shuningdek masʼullar tomonidan “Har bir mahallaga 7 ta toifadagi masʼullarni belgilash, yo‘riqnomalar asosida ishlarni tashkil etish, belgilangan yo‘nalishlarda aholiga uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha sektor rahbarlarining asosiy vazifalari”, “Buxoro tajribasi asosida 5 ta toifadagi mahallalar ro‘yxatini shakllantirish, ushbu mahallalarning har bir toifasi bilan manzilli ishlashni tashkil etish”, “Hududdagi murojaatlar bilan ishlash, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, investitsiya loyihalari asosida ish o‘rinlari yaratish, mehnat migratsiyasi masalalarini chuqur tahlili asosida muammolarni aniqlash va “Mahalla yettiligi” ishini samarali tashkil etish”, va “G‘ijduvon tajribasi” asosida hududni sanoatlashtirish, aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlash, o‘zini-o‘zi band qilish istagidagi aholiga ko‘maklashishda sektor rahbarlarining roli” kabi mavzularda maʼruza-debatlar tashkil etildi.
Yuqoridagi mavzular bo‘yicha Buxoro tajribasi asosida tayyorlangan “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil qilish” nomli O‘quv-uslubiy qo‘llanma, taqdimot materiallari, jadvallar, infografikalar, “Yo‘l xaritalari”, mahallaga biriktirilgan masʼullarning ro‘yxatlari namuna sifatida seminar ishtirokchilarga taqdim etildi.
Mashg‘ulotlar davomida “Mahalla yettiligi” aʼzolari, sektor rahbarlari faoliyatlarini yana-da yaxshilash maqsadida, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati