IIV Akademiyasi shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ta’lim muassasasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi asosida Tashkiliy bo‘lim, o‘quv-saf qismi, kadrlar va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘limlari hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rik davomida katta va kichik ofitserlar, safdor va serjantlar tarkibi xodimlari hamda kunduzgi ta’lim kursantlarining xizmat guvohnomasi, foydalanishi zarur bo‘lgan anjomlari, mavsumiy kiyimlari tekshirildi. Tarkibiy tuzilmalar rahbarlariga shaxsiy tarkibning yuqori xizmat va jangovar tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar berildi.
IIV Akademiyasining Axborot xizmati