Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xiyobonda adabiyot darsi

06 May 2022, 04:05

1131

 

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Cho‘lponning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi sayyor dars tashkil qilindi. 

O‘zbek adabiyotining yorqin vakili Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek: “Cho‘lpon yangi adabiyotda yangi shakllarga asos soldi. Mistik adabiyot o‘rniga zamonaviy ziyrak adabiy didga javob beruvchi ajoyib she’rlarni taqdim etdi”, degan edi. Chindan ham, ma’rifatparvar adib Abdulhamid Cho‘lpon milliy adabiyotimiz tarixida yorqin iz qoldirdi. U o‘z hayoti va ijodini istibdod zulmiga qarshi kurashga, xalqni jaholat botqog‘idan olib chiqib, ma’naviy tafakkurini yuksaltirishga bag‘ishladi.

“Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan mashg‘ulotda istiqlol kurashchisining ijodiy merosi, she’rlarida ulug‘langan g‘oyalar, Cho‘lpon asarlarini o‘rganishning dolzarb jihatlari haqida so‘z bordi. IIV Akademiya kursantlari shoirning betakror she’rlaridan yod aytib, ma’nosini sharhlab berdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech