Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xiyobonda adabiyot haftaligi

21 May 2022, 06:05

1081

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi Adiblar xiyobonining ochilish marosimida yozuvchi va shoirlarimiz ijodini chuqur o‘rganish, maskanda adabiyot darslarini tashkil etish borasida tavsiyalar bergandi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida sayyor mashg‘ulotlar haftaligi tashkil qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar xiyobondagi Abdulhamid Cho‘lpon haykali poyida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar va ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etgan mashg‘ulotlarda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston adabiy muhitida ro‘y bergan voqealar, jadidchilik harakatining rivojlanishi, Abdulhamid Cho‘lpon ijodida milliy istiqlol g‘oyalarining o‘rni, xalqparvar shoir asarlarining adabiy-badiiy qimmati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shoir o‘zining kuyunchaklik bilan yozgan asarlari, she’rlari va publitsistik maqolalari o‘zbek milliy tafakkuri rivojiga ulkan hissasi qo‘shgani, xalqimizning asl farzandi sifatida mustabid tuzumga qarshi beayov kurashib, zulm va adolatsizlik qurboniga aylangani ta’kidlandi.

Kursantlar tomonidan jo‘shqin iste’dod egasining she’rlaridan namuna o‘qilib, “Kecha va kunduz” romani asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Tadbirda IIV qoshidagi 1-sonli akademik litsey o‘quvchilari ham faol qatnashib, ma’rifat bobolarimiz ijodiga yuksak qiziqishlarni ko‘rsatdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech