Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hashar – yurtga yarashar

18 Mart 2023, 06:03

640

Umumxalq xayriya hashari IIV Akademiyasida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir davomida o‘quv dargohi hududiga tutash ko‘cha va mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ariq va yo‘laklar, ko‘p qavatli uylar va xonadonlar atrofi, bolalar maydonchalari, yo‘l yoqalari ko‘rkam holga keltirildi. Mevali va manzarali daraxtlar oqlanib, aholi gavjum xiyobonlarga gul ko‘chatlari o‘tqazildi. 

– Bu kabi tadbirlar bahonasida xalqimizga xos betakror qadriyatlar bo‘y ko‘rsatadi, – deydi katta serjant Sherzod Usmonov. – Umumxalq hasharida barchamiz faol qatnashdik. Zero, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, obodlik bor joyda farovonlik, fayzu baraka bo‘ladi.     

Shuningdek tadbir munosabati bilan ta’lim muassasasi hududidagi manzarali daraxtlarga ishlov berilib, binolar atrofi tartibga keltirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech