IIV Akademiyasida Harbiy sud sudyalari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulot “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotda mazkur qonunning mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Soha vakillarining ta’kidlashicha, endilikda birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish vakolati beriladi. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarori ustidan shikoyat (protest) berish masalasida sud ishlarini taftish tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilmoqda. Yangi qonun sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish mexanizmini yanada takomillashtirishga hamda sud qarorlarini qayta ko‘rishning yangi tartibini joriy etish orqali odil sudlov sifatini hamda taraflarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklari, shuningdek, qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Munozara tarzida o‘tgan mashg‘ulotda 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi nazarda tutilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berilib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati