Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi

11 Avgust 2023, 07:08

1208

IIV O‘quv-dala markazida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan ko‘rgazma tashkil qilindi.

Mudofaa vazirligining Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren shahrida joylashgan harbiy qism bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda jangovar qurol-aslahalar namoyish qilindi. Ko‘rgazmada Akademiya kursantlari zamonaviy qurollar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Milliy armiyamizdagi islohotlar, harbiylarning hayoti va mashaqqatli faoliyatiga oid ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” munosabati bilan poligon sharoitida ta’lim olayotgan kursant qizlar uchun uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda xotin-qizlar kengashi faollari, malakali psixolog mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, saf qismi qizlar otryadi ofitserlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar, bu borada Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, kursant qizlarga ta’lim berish, ularni turmushga tayyorlash, salomatligini asrab-avaylash maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Qizg‘in muloqot davomida qizlar zarur psixologik va tibbiy maslahatlar olishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech