Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Harbiy tayyorgarlik kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan bellashuv eng zukko kursantlarni saralab berdi.
Unda kafedra qoshidagi “Harbiy fanlar bilimdoni” iqtidorli kursantlar to‘garagi a’zolari ishtirok etdi. Kursantlar to‘rt shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, jangovar qurollardan foydalanish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Mavlon Alimovning ta’kidlashicha, umumakademik miqyosda o‘tkazilgan bellashuv kelgusida turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilishi rejalashtirilgan olimpiadaga munosib tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Bellashuv yakunida 117-guruh kursanti Dilnoza Jumanazarova faxrli birinchi o‘rinni, 326-guruh kursanti Ruslan Kushkunbayev ikkinchi o‘rinni hamda 224-guruh kursanti Doniyor Asatullayev uchinchi o‘rinni egalladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati