Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hamkorlikdagi loyihalar bo‘yicha fikr almashildi

05 Mart 2024, 09:03

793

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mustaqil maslahatchisi Pyer Rober bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xorijlik mutaxassisni akademiya boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Najmiddin To‘raxodjaev kutib oldi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ishonchli va strategik hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani e’tirof etildi. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va dolzarb ahamiyati xususida fikr almashildi. Xalqaro tashkilot ko‘magi bilan zo‘ravon ekstremizmning oldini olish, yuvenal adliya tizimini rivojlantirish, gender tenglik, kiberxavfsizlik va boshqa yo‘nalishlarda tashkil etilayotgan hamkorlikdagi o‘quv kurslari o‘zaro tajriba almashish uchun keng yo‘l ochayotgani ta’kidlandi.

Per Rober tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Uning qayd etishicha, “Markaziy Osiyo - Germaniya” formati doirasida mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash hamkorlikning ustuvor tamoyili sanaladi.

Muloqot davomida akademiya vakillari tomonidan qator takliflar bildirildi. Tomonlar hozirgi  geosiyosiy  tahdidlar sharoitida hamkorlikni faollashtirish, qo‘shma loyihalar bo‘yicha “yo‘l xarita”da chora-tadbirlarni belgilab olish, munosabatlarni yangi formatda davom ettirishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech