Ichki ishlar vazirligi akademiyasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro tenglik hamda manfaatli sheriklik asosida izchil rivojlanayotgani e’tirof etildi.
Tomonlar hamkorlik formatini kengaytirish muhimligini ta’kidlab, qator masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, global tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etish, ta’lim samaradorligiga qaratilgan istiqbolli dasturlarni tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani aytib o‘tildi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar ta’lim jarayonlari va axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati