Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari navbatdagi onlayn mashg‘ulotda ishtirok etishdi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumiga binoan tashkil etilgan mashg‘ulot residiv jinoyatchilik va unga qarshi kurashishga bag‘ishlandi.
Universitet dotsenti, politsiya polkovnigi Vitaliy Yakovlev residiv jinoyatlar, ularning sabab va sharoitlari, ijtimoiy-huquqiy oqibatlari, shuningdek, residivist shaxsga xos belgilar, bu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzularini yoritib, xorij tajribasining ilg‘or jihatlariga to‘xtaldi.
Mashg‘ulot onlayn formatda o‘tkazilganiga qaramay, ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar o‘zaro fikr almashib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati