IIV Akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi.
“Retsidiv jinoyatlarning kriminologik xususiyatlari va profilaktikasi” mavzuyidagi mashg‘ulotda “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar hamda mutaxassislik kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashdi.
Krasnodar universitetining Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi dotsenti, politsiya polkovnigi Vitaliy Yakovlev retsidiv jinoyatchilik tushunchasi, ularning sodir etilish sabablari va bunga imkon beruvchi shart-sharoitlar, shaxs tomonidan takroriy jinoyat sodir etilishining oldini olishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, Rossiya Federatsiyasi jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligida bu turdagi jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik masalalari haqida to‘xtalib, kursantlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan muloqot qildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati