Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

17 Aprel 2025, 09:04

90

IIV akademiyasi hamda INTERPOL virtual akademiyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot chog‘ida bugungi global o‘zgarishlar sharoitida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jahonda yangidan-yangi tahdidlar paydo bo‘layotgani, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash ustuvor masalaga aylangani, mintaqaviy va xalqaro xususiyatga ega xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish ehtiyoji kuchayib borayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratdilar. Bu borada INTERPOL virtual akademiyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ta’lim platformalari, xususan, o‘quv kurslari, trening va boshqa turdagi mashg‘ulotlar, ularning maqsad va vazifalari, muddatlari, ta’lim oluvchilar uchun afzallik jihatlari taqdimot tarzida namoyish qilindi. Keyingi yillarda onlayn mashg‘ulotlarning yo‘nalish va auditoriya qamrovi sezilarli darajada kengaygani qayd etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech