Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hamkorlik doirasida navbatdagi seminar-trening

26 Aprel 2024, 04:04

477

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar qanchalik xatarli? Ular bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishning qanday usullari bor?

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-trening shunga bag‘ishlandi.

Xorijlik mutaxassislar tomonidan dunyo miqyosida ommalashib borayotgan onlayn qimor o‘yinlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, totalizator va bukmekerlik faoliyati, noqonuniy qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga qarshi kurashish usullari, bu borada Turkiya va O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarining o‘ziga xos tajribasi yoritib berildi.

Besh kun davom etgan seminar-treningda akademiya professor-o‘qituvchilari, tergov va jinoyat-qidiruv xizmati xodimlari ishtirok etib, yakunda sertifikatga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, turkiyalik mehmonlar ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kadrlar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlariga yuqori baholadilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech