Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hamjihatlik va totuvlik – farovonlik omili

09 Iyun 2025, 06:06

53

IIV akademiyasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba va kursant yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlatimiz tomonidan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilayotgan e’tibor, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinishlar kuchaygan hozirgi sharoitda davlat va din munosabatlariga to‘xtalib o‘tishdi.

Yangi qabul qilingan konsepsiyada vijdon erkinligi huquqi, O‘zbekistonning diniy sohadagi qarashlari, bu borada davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari aniq belgilab berilgani qayd etildi.

Davra suhbatida konsepsiyaning mazmun-mohiyati va muhim zarurati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Sohadagi islohotlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, o‘zaro hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech