IIV Akademiyasi va Bojxona instituti o‘rtasida tajriba almashinuvining samarali yo‘lga qo‘yilgani yetuk bilimli kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Institutning yurisprudensiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar uchun tashkil etilgan navbatdagi mashg‘ulot “Tergovga qadar tekshiruvning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tergov faoliyati hamda Kriminalistik ekspertizalar kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan mashg‘ulotning dastlabki bosqichida mavzuning nazariy jihatlari yoritib berildi. Akademiya kriminalistik poligonida esa Jinoyat kodeksining 169-moddasi nazarda tutilgan o‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish va tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Kun davomida bo‘lajak bojxonachilar ta’lim maskanida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati