10–12-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida “Yoshlar va qonun” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 13 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar “Muamoli vaziyatga huquqiy yechim”, “Huquqiy penalti”, “Mening qonunchilik tashabussim”, “Sud majlisi modeli” deb nomlangan to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. G‘oliblar 14-18 va 18-30 yosh ishtirokchilar orasidan saralab olindi. Tanlovda Sirdaryo viloyatining “Qalqon” jamoasi nomidan ishtirok etgan IIV Akademiyasi kursanti Toshmurod Abdurahmonov 18-30 yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
Aytish joizki, yoshlar bilan maqsadli ishlashga qaratilgan bu kabi tanlovlar ular o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, kelajagimiz vorislarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati