Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi

22 Sentyabr 2022, 09:09

839

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari taqdirlandi. Ta’lim muassasasi rahbariyati ishtirok etgan tadbir davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Akademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov so‘zga chiqib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ommaviy sog‘lomlashtirish harakatlarini keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib o‘tdi.

– Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sportni yanada ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda mazkur sohaga oid bir qator davlat dasturlari qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etildi. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish, jamiyat a’zolarining barcha qatlamlarini sog‘lomlashtirish ommaviy harakatga aylandi. Bu borada ichki ishlar organlari tizimida ham soha xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini yuksaltirish, jismoniy va ma’naviy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda, – dedi ta’lim maskani rahbari.

Aytish joizki, “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida tashkil etilgan musobaqa murosasiz va qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi. Besh kun davomida jamoalar sportning arqon tortish, to‘sinda tortilish, mini futbol va o‘q otish turlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun bellashdilar. Musobaqa yakunida jamoalar to‘plagan ochkolar sarhisob qilindi. Unga ko‘ra, o‘quv-saf qismi ofitserlari musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin bo‘lim-xizmatlar jamoasiga va 3-o‘rin yuridik kafedralar jamoasiga nasib etdi.

Tadqirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech