Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

G‘olib respublika bosqichida qatnashadi

28 Avgust 2023, 09:08

893

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan ichki ishlar organlari tizimida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Ko‘rik-tanlovning IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan bosqichida ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Dastlabki shart test savollaridan iborat bo‘lsa, keyingi shartda har bir xodimning jangovar quroldan foydalanish ko‘nikmalari sinov qilindi. Suhbat tarzida o‘tgan uchinchi shartda esa ularning sohaga doir bilim salohiyati malakali mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan baholandi. Shunga ko‘ra, Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan Azizxon Oppoqxonov birinchi o‘rinni egallab, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Aytish joizki, bu kabi tanlovlar sohani yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash, ekspert-kriminalistika faoliyatiga ilg‘or va innovatsion yondashuvlarni keng joriy qilish, xodimlarning kasbiy o‘sishi va malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech