Prezidentimizning besh muhim tashabbusi asosida IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“Zakovat” klubi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda 93 ta jamoa IIV Akademiyasi boshlig‘i kubogi uchun bellashdi.
“Vatanga va xalqqa xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida yoshlarni birlashtirgan intellektual o‘yin bahslarga boy o‘tdi. Har bir jamoa savollarga aniq manbalar asosida to‘g‘ri javob berishga va sovrinli o‘rinlardan biriga ega chiqishga harakat qildi.
Qiziqarli o‘yin yakunida birinchi o‘rinni “Ofitser” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin “Oligarx” jamoasi kursantlariga nasib qildi. Nihoyat, uchinchi o‘rinni “Lokomotiv” jamoasi egalladi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqanlar yurtimizda ommaviy-ma’rifiy harakatga aylanib ulgurgan intellektual o‘yin iqtidorlarni kashf etish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarni ilm marralari sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, jamoalarga sovg‘alarni topshirdilar. G‘olib jamoa esa kubokni qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati