IIV Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan trening o‘tkazildi.
Gibrid formatda tashkil qilingan mashg‘ulotni Buyuk Britaniya va avstriyalik xalqaro ekspertlar Li Koluel hamda Shtefan Buxmayer olib bordi. Ishtirokchilar global axborot makonida yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar, xususan, bolalar tomonidan va ularga nisbatan sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish, ijtimoiy tarmoqlarda bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar olishdi.
Interfaol tarzda o‘tgan mashg‘ulot yakunida IIV Kiberxavfsizlik markazi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Malaka oshirish instituti hamda Akademiya professor-o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati