IIV Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan seminar-trening tashkil qilindi.
“Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish” mintaqaviy loyihasi doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga Toshkent shahri va viloyati IIBBlaridan profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar, shuningdek IIV Malaka oshirish instituti hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari jalb qilindi.
Xalqaro tashkilot mutaxassislari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, ushbu qatlamdagi shaxslar bilan ishlashning intensiv yondashuvlari, huquqbuzarlik sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik jihatlari, jamiyatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda vakolatli davlat organlarining vazifalari, ayni masalada xalqaro normalarda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.
To‘rt kun davom etgan seminar-trening yakunida ishtirokchilarga xalqaro tashkilot sertifikatlari topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati