Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

GIZ bilan hamkorlik kengayadi

17 Noyabr 2023, 08:11

713

IIV Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish loyihasi rahbari Shtefan Buxmayer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli dasturlar haqida fikr almashildi. Tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarda o‘zaro tajriba almashishni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Akademiya boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov GIZ vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv kurslari ta’lim samaradorligiga xizmat qilayotganini e’tirof etdi. Hamkorlik memorandumi asosida ikki tomonlama munosabatlar formatini yangi bosqchiga olib chiqish muhimligi qayd etildi.  

Germaniyalik mutaxassis ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishish maqsadida axborot-resurs markazi, sport majmuasi, ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib, o‘quv tezkor-tergov guruhlari faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Uchrashuv yakunida hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga kelishib olindi.

 IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech