Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Giyohvandlikka qarshi kurashish – dolzarb masala

23 Sentyabr 2024, 05:09

209

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati giyohvandlikka qarshi chora-tadbirlarga bag‘ishlandi. 

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’siri, yoshlarni ushbu illatlardan asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbatida so‘zga chiqqanlar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga ruju qo‘yishning ayanli oqibatlari, ushbu illatlar ta’siriga tushib qolishning asosiy sabablari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar, aholi, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish omillari xususida mulohaza bildirdilar.

Bugungi kunda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi ayniqsa internet tarmog‘ida ortib borayotgani, mazkur turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish birgalikda zarur choralar ko‘rishni taqozo etayotgani ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida soha mutaxassislari kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech