Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Futbol turniri g‘oliblari taqdirlandi

14 Iyun 2023, 09:06

1102

Harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan futbol turniri yakunlandi.

IIV Akademiyasi futbol maydonida o‘tgan musobaqada Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda mezbon jamoa vakillari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Bugun turnir doirasida so‘nggi uchta bahs bo‘lib o‘tdi. Bojxona instituti va IIV Akademiyasi o‘rtasidagi ilk o‘yin mezbonlar foydasiga (4:0) hal bo‘lgan bo‘lsa, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi ustidan texnik g‘alabaga erishdi. Bronza medali uchun kechgan hal qiluvchi uchrashuvda esa Jamoat xavfsizligi universiteti futbolchilari Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasini 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Turnir yakunida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi. Unga ko‘ra, IIV Akademiyasi jamoasi yaqqol favorit sifatida musobaqa g‘olibi uchun atalgan kubokni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga, uchinchi o‘rin esa Jamoat xavfsizligi universitetiga nasib etdi. Jamoalarga medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, IIV Akademiyasi jamoasi a’zolari Tohir Jo‘rabekov “Eng yaxshi o‘yinchi”, Xayrulla Azimxo‘jayev “Eng yaxshi hujumchi”, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasi posboni Bekzod Nabijonov “Eng yaxshi darvozabon”, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi a’zosi Rixsitilla Ne’matov “Eng yaxshi himoyachi” sovrinini qo‘lga kiritdilar.

Taqdirlash marosimida turdosh ta’lim muassasalari vakillari so‘zga chiqib, musobaqa hakamlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib o‘tishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xiзмати

 

 

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech