Avval xabar qilinganidek, IIV Akademiyasida “Huquqni muhofaza qilish faoliyatida fan, ta’lim va amaliyotning innovatsion hamkorligi: zamonaviy tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanning ikkinchi kuni ilmiy-metodik davra suhbati, seminar va ochiq muhokamalar tarzida yuqori ishchan ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda “Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari”, “Oliy ta’limni raqamlashtirish sharoitida o‘quv faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash: muammolar, qiyinchiliklar va istiqbollar”, “Ta’lim, fan va amaliyot sifati yoshlar nigohida”, “Kursantlarni kasbiy faoliyatga moslashtirish muammolari” mavzularida o‘zaro fikr almashdilar.
Asosiy ma’ruzachilardan Rossiya Federatsiyasi IIV Omsk akademiyasi o‘qituvchisi A. Kochetov, Krasnodar universiteti xodimi P. Kotrovskaya, Federal jazoni ijro etish xizmati akademiyasi professori S. Vorobyov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi markaz boshlig‘i N. Kondratyeva va boshqalarning ma’ruzalari tinglandi. Sohada o‘zaro tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati