Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Faxriylarimiz hayoti – ibrat maktabi

04 Iyun 2024, 10:06

429

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurolli Kuchlar va Ichki ishlar vazirligi akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti faxriylari taklif etildi.

“Faxriylarimiz hayoti – ibrat maktabi” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda unib-o‘sib kelayotgan yoshlarning kamolotga yetishida tizim faxriylarining otalarcha bergan pand-nasihatlari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uchrashuvda so‘z olganlar ko‘p yillik samarali mehnatlari, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan davlatimiz, hamkasbilar va shogirdlar oldida mehr qozonib, bugungi kunda ham eʼtiborda ekanliklari to‘g‘risida iliq fikrlar bildirishdi.

Oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlari hamda IIV idoraviy akademik litseylari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylaridan tashrif buyurgan kursantlar va o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida IIV akademiyasi badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech