Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki ishlar tizimida samarali mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olindi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasining bir guruh yosh xodimlari iste’fodagi ofitserlar Anvar Devyatov va Omonulla Asatxodjayev xonadonida bo‘lishdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida tashkil etilgan xayriya tadbiri keksalarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Samimiy muloqot chog‘ida ustozlarning hayot yo‘li, qizg‘in mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Yoshlar keksa avlod vakillarining ibratli nasihatlarini tinglab, el-yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilish, ona Vatanni sevish, halol va fidoyi bo‘lish inson umrining ziynati ekanligini dildan his qildilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati