Yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida turli tadbirlar o‘tkazish ezgu an’anaga aylandi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Faxriylar kengashi tashabbusi bilan bir guruh professor-o‘qituvchilar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil qilindi.
Faxriylar kursant shogirdlari hamrohligida ushbu maskandan o‘rin olgan qimmatli yodgorliklar, temuriylar davriga oid osori-atiqalar bilan tanishib, buyuk ajdodimizning serqirra faoliyati haqida o‘z tasavvurlarini boyitdilar.
Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston davlat satira teatrida “Falsafa doktori” spektakli tomoshasi bo‘lib o‘tdi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega sahna asari barchaga madaniy hordiq ulashdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati