IIV Öquv-dala markazida tizim faxriylari iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri ötkazildi.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiliş – oliy burçimiz!” şiori ostida taşkil etilgan uçraşuvga vazirlik Faxriylar kengaşi a’zolari – iste’fodagi general-mayor Habibullo Hojimatov, iste’fodagi polkovnik Isroil Yuldaşev, IIV Akademiyasi Faxriylar kengaşi raisi, iste’fodagi polkovnik Davlet Yusupov hamda iste’fodagi polkovnik Anvar Devyatov taklif etildi.
Tizimda köp yillar xizmat qilib, hozirda keksalik gaştini surayotgan ustozlar Akademiyaning birinçi bosqiçida ta’lim olayotgan navqiron öğil-qizlarga içki işlar organlari tarixi, rivojlaniş bosqiçlari, ötgan davr mobaynida sohani tubdan takomillaştiriş, şaxsiy tarkibning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ayniqsa xalq manfaatlariga xizmat qiladigan professional tuzilma sifatida şakllantirişga qaratilgan islohotlarni sözlab berişdi.
Oçiq muloqotda kursantlar faxriylarning maşaqqatli faoliyatlari, xizmat sinovlarini yengişda körsatgan jasorat va matonatlari haqida özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi. Içki işlar xodimi bölişni maqsad qilgan yoşlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, tizim faxriylarining el-yurtimiz tinçligi va osoyiştaligi yölidagi xizmatlarini qadrlaş tizimda “ustoz-şogird” an’analarini munosib davom ettirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati