Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Farzandlar kamoli – ota-onaning baxti

31 Oktyabr 2024, 02:10

210

Tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Har bir ota-ona o‘g‘il yoxud qizini o‘stirar ekan, farzandining bilimli bo‘lishi, yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lishi, el-yurt koriga yarashini istaydi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kursantlar va ularning ota-onalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Tadjimetov so‘zga chiqib, kelajagimiz vorislari bo‘lmish yoshlar taqdiri davlatimizning doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida o‘qishi, tartib-intizomi, faolligi va boshqa ijobiy fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan kursantlarning ota-onalariga akademiya boshlig‘ining minnatdorlik xatlari topshirildi. Mehmonlar farzandlari erishayotgan yutuqlardan faxr hissini tuyib, ularga ta’lim-tarbiya berayotgan ustozlari va ofitserlariga minnatdorlik bildirdilar.

Shu kuni kursantlar o‘rtasida “Huquqiy arena” bellashuvi ham o‘tkazildi. Qiziqarli shartlardan iborat tanlov yakunida “Turon”, “Administratsiya” hamda “Adolat” jamoalari faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi. Tadbirdan so‘ng ota-onalar akademiya bo‘ylab sayohat qilib, kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech