Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Faollar taqdirlandi

14 Dekabr 2024, 04:12

145

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida milliy markaz direktori Akmal Saidov so‘z olib, davlatimiz rahbarining farmoni bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishoni mamlakatimizda ayni sohada olib borilayotgan izchil islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.

Shu kuni bir guruh yurtdoshlarimiz inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda inson huquqlari sohasidagi ta’lim va targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi. Quvonarlisi, ko‘krak nishonining bu yilgi egalari qatoridan IIV akademiyasi fakultet boshlig‘i, professor Olimjon Matchonov ham o‘rin egalladi.

Tadbir yakunida Inson huquqlari milliy markazi bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan davlat tashkilotlari, ilmiy-ma’rifiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga tashakkurnomalar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech