Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, IIV Psixologik ta’minlash markazi hamda poytaxtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Soha mutaxassislari, tadqiqotchi olimlar va akademiya kursantlari ishtirok etgan tadbirda ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlashning dolzarb muammolari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar “Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida kasbiy psixologik bilimlarning ahamiyati: muammo va yechimlar”, “Psixologik maslahat xizmat faoliyati samaradorligini oshirish omili sifatida”, “Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatida psixologik yordam masalalari”, “Kasbiy muloqotni shakllantirishda korporativ yondashuv asosida muomala madaniyatini tashkil etish va boshqarish”, “Ichki ishlar organlarida psixofiziologik tekshiruvlarni joriy etish va uning ahamiyati” mavzularida ma’ruza qildilar.
Muhim taklif va tavsiyalar bildirilgan konferensiya yakunida ilg‘or yutuqlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati